Qadimgi Baqtriya
Qadimgi Baqtriya – podsholigi Qadimgi Baqtriya turli qadimgi tillar yozma manbalandagi Baxdi, Baqtrish (Avcsto), Baqtriyona, Baqtriya (yunon), Baxli (hind manbala-rida) yirik o lka va davlatning nomidir. Olimlammg fikriga koʻra. Baqtriya – Baqtriva tarixiy-madaniy viloyat, Baqtriya davlati maʼnolarida ishlatilgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko'ra, qadimgi davlatlaming nomlariga
odatda daryo, qabila, xalq va markaziy shaharlar nomlari qoʻshilgan. Markaziy Osiyo xalqlarining tarixida daryolar muhim hayot manbayi vazifasini bajargan. Hozir ham Ozbekistonning viloyatlari, asosan, daryo va shaharlar nomlari bilan belgilangan. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, Baqtriya yerlari Afgʻonistonning shimoli-sharqiy qismi, Janubiy Tojikiston, Surxondaryo viloyatini oʻz ichiga olgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Baqtriya hududida ibtidoiy odamlar ilk va oʻrta tosh davridan boshlab yoyilgan. 0 ‘zbekistonga qarashli Baqtriya qismida Teshiktosh, Machay va Zarautsoy kabi tosh asri yodgorliklari uzoq oʻtmish hayoti haqida maʼlumot beradi. Miloddan avvalgi 700-540-yillar qadimgi Baqtriya davlatining rivojlangan davri boʻlib, bu yirik davlataing hududiv chegaralari: Murgʻob vohasi, Hindukush tizmasi, Badaxshon, Nurota tizmasi va Buxoro vohasiga borib taqalgan boʻlishi mumkin.(daryo vohalari-Murgʻob, Balxob, Qunduz, Panj, Vaxsh, Kofimixon, Surxon, Qashqadaryo va Zarafshon). Bu ilmiy xulosani isbotlash uchun bir qancha tad-qiqotlar olib borilgan. Agar yuqonda ko rsatilgan hududiy chegaralami Baqtriya davlati oʻz ichiga olganligi haqidagi ilmiy xulosalar toʻg ‘ri boʻlsa, Markaziy Osiyoda rivojlangan dastlabki davlatlardan qadimgi Baqtriya eng yirigi boʻlgan. Bu davrlarda Baqtriya viloyatlariga qadimgi Xorazm davlati va sak-massagetlaming harbiy-siyosiy uyushmasiga tegishli oʻlkalar chegaradosh boʻlgan. Videvdat kitobida Baqtriya „eng yaxshi mamlakatlar va oʻlkalardan biri boʻlgan, baland bayroqli, goʻzal oʻlka“ sifatida yoritilgan. Soʻnggi yunon manbalarida Baqtriya „ming shaharlar davlati“ deb atalgan. Baqtriya ayrim daryo vohalaridagi beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofimixon, Vaxsh, Panj, Koʻkcha, Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa boʻlgan. Shimoliy Afgʻonistonda yirik shaharlar qoldiqlari – Bolo Hisor va Oltindilyorlar topib tekshirilgan. Bolo Hisor oʻmida qadimgi Baqtra joylashgan. Bu shahar Gerodot va Ktesiylaming taʼkidlashicha, Baqtriyaning maikazi boʻlgan u Baxdi, Bastra daryosi (hozirgi Balxob) nomi bilan bogʻliq boʻlgan fcushunchadir. Rim tarixchisi Kursiy Ruf bunday xabar qiladi. „Baqtra daryosi nomidan shahar va viloyatning nomi kelib chiqqan“. Ktesiyning „Persika“ asarida Baqtriyaning juda koʻp istehkomlari va qal’alari to g risida maʼlumotlar keltirilgan. Hozirgi kunda Baqtriya tuprogʻidan miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmiga oid 240 dan ortiq uv-qoʻrgonlar, qal’alar va shaharlar qoldiqlari topib tekshirilgan. Surxon vohasida joylashgan Ruchuktepa, Beshqo ton, Talashqon, Jondavlat, Bandixon, Boʻvrachi, Qizilcha, Obishir va Shoʻrtepa yodgorliklarini sanab oʻtish lozim == Ochildiyev. F.B Tarixiy oʻlkashunoalik. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2020
Oʻrta Osiyodagi qadimiy davlatchilik tuzilmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Qadimiy manbalar shundan dalolat beradiki, eramizdan avvalgi 8 asr ōrtalarida yirik Baqtriya podsholigi mavjud boʻlgan. Avestoda uning nomi Baxdi, Bihistun yodgorliklarida Baktrish, antik davr adabiyotlarida Baktriana sifatida qayd etilgan. Qadimgi Baqtriya bilan oʻsha davr dunyosining boshqa davlatlari - Ossuriya, Yangi Vavilon, Midiya, Hindiston knyazligi oʻrtasida aloqalar mavjud boʻlgan. Tarixiy manbalarga koʻra, Ossuriya hukmronligi (gegemonligi) qaror topgan eramizdan avvalgi 9-7 asrlarda ossuriyaliklar Baqtriyaga hujum qilishgan. Bu harakat tarixda Ossuriya yurishi nomi bilan maʼlum. o'lkashunosliBu yurishning asosiy sababi Baqtriya lazuriti ustidan nazorat oʻrnatishga qaratilgan edi.
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda Qadimgi Baqtriya podsholgi hududiga Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon vohalari, Margʻiyona va Sugʻd yerlari kirgan. Baqtriyalik ustalar tomonidan tilla, tosh va bronzadan yasalgan turli mahsulotlar Xitoy, Fors davlati va Yevropada juda mashhur boʻlgan. Baqtriyaning yirik shaharlari Qiziltepa, Yer-Qoʻrgʻon, Uzunqir va Afrosiyob hududlarida joylashgan. Oʻsha davrda Baqtriyaga tashrif buyurgan sayyoh eʼtiborini uylar, hunarmandlarning ustaxonalari va xoʻjalik binolari uzra boʻy choʻzib turgan salobatli minoralar tortishi tabiiy edi. Kvint Kursiy Rufning yozishicha, „Baqtriyaning tabiati boy va turli-tuman. Ayrim joylarda daraxtlar va toklar oʻta sermahsul hosil beradi, hosildor yerlar koʻplab buloqlardan suv ichadi. Yumshoq yerlarga bugʻdoy ekiladi, qolgani esa chorva uchun yaylovlardir“.